T Tezcode
← Barcha vakansiyalar

Claude Project Engineer — Claude Code va AI agentlar bilan loyiha yurituvchi muhandis

MiddleGibridAI Office

Kelishilgan holda

Claude CodeClaude Agent SDKMCPSkills / Hooks / SubagentsGit / GitHubTypeScriptPythonCI/CDPostgreSQLRailway / Docker
Tezcode'da loyihalarning katta qismi Claude Code va AI agentlar bilan yuritiladi: reja, kod, sinov, ko'rik, deploy. Bizga shu usulda loyihani boshidan oxirigacha olib boradigan muhandis kerak. Bu "prompt yozuvchi" emas: natija uchun javob beradigan, agent ishini tekshira oladigan dasturchi. Nima qilasiz - Loyihani Claude Code bilan yuritasiz: talabni aniq topshiriqqa aylantirish, reja, bosqichma-bosqich ijro, PR. - Agentlar uchun muhit qurasiz: CLAUDE.md, skill, hook, subagent, MCP server, ruxsatlar. - Agent yozgan kodni tekshirasiz: sinov, kod ko'rigi, xavfsizlik; sifat uchun siz javob berasiz. - Takrorlanadigan ishlarni avtomatlashtirasiz: jadval bo'yicha agentlar, CI, hisobotlar. - Loyiha bilimini tartibda saqlaysiz: qarorlar, kontekst, hujjat — keyingi sessiya va keyingi odam davom ettira olsin. - Jamoaga shu ish usulini o'rgatasiz. Hard skill — shart - Dasturlash tajribasi 2 yildan (TypeScript yoki Python): AI siz ham vazifani o'zi bajara oladi. - Claude Code (yoki shunga o'xshash agentli vosita) bilan haqiqiy loyiha olib borgan: ko'rsata oladigan repo yoki PR tarixi. - Topshiriq yozish: kontekst, cheklov, "tayyor" mezoni; katta vazifani agent uchun bo'laklarga ajratish. - Git va GitHub: shox, PR, ko'rik, konfliktni hal qilish; CI (GitHub Actions). - Sinov yozish va tekshirish madaniyati: agent "bajardim" degani dalil emasligini biladi. - Backend asoslari: REST API, PostgreSQL, Docker, deploy. Hard skill — afzallik - MCP server yozgan, hook va skill qurgan, Claude Agent SDK bilan ishlagan. - Ko'p agentli ish: parallel subagentlar, ishni taqsimlash, natijani yig'ish. - Token sarfi va kontekstni boshqarish; prompt injection va ruxsatlar xavfsizligi. - Loyiha boshqaruvi tajribasi (vazifa taxtasi, muddat, mijoz bilan ishlash). Soft skill — biz uchun hard skill bilan teng - Egalik hissi: loyihani "menga berilgan vazifa" emas, "mening natijam" deb ko'radi. - Tanqidiy fikrlash: agent javobiga ham, o'z fikriga ham shubha bilan qaraydi va tekshiradi. - Tizimli fikrlash: bir marta qilingan ishni qoida, skill yoki avtomatga aylantiradi. - Aniq yozma muloqot: qisqa hisobot, avval xulosa; to'siqni yashirmaydi. - Halollik: bajarilmagan ishni "bajarildi" demaydi. - Intizom: muddat, kundalik hisobot, savolga o'z vaqtida javob. - O'rgatish qobiliyati: murakkab narsani sodda tushuntiradi. Tillar: o'zbek yoki rus — erkin; ingliz — hujjat o'qish va agentga topshiriq yozish darajasida. Tanlov bosqichlari 1. Ariza: shu sahifadagi forma (rezyume PDF, GitHub yoki portfolio, qisqa xat). 2. Qisqa suhbat (20 daqiqa): tajriba va kutilmalar. 3. Sinov topshirig'i (3-5 soatlik, real vazifaga yaqin). 4. Texnik suhbat: sinov topshirig'ingizni birga ko'rib chiqamiz. 5. Yakuniy suhbat va taklif. Arizada albatta yozing - O'zingiz qurgan va ishlab turgan 1-2 ta narsa (havola yoki tavsif). - Unda aynan siz nima qilgansiz va natijasi qanday o'lchangan. - Eng qiyin xato va uni qanday topganingiz.

Ariza formasi

Yuborish orqali ma'lumotlaringiz faqat yollash maqsadida ishlatilishiga rozilik bildirasiz.